Huquqiy hujjatlar

Foydalanish shartlari

Lider Bazar onlayn do'koni platformasidan foydalanish bo'yicha rasmiy kelishuv va qoidalar to'plami. Iltimos, xizmatlarimizdan foydalanishdan oldin ushbu shartlar bilan diqqat bilan tanishib chiqing.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 11-mart

1.Umumiy qoidalar

Ushbu foydalanish shartlari Lider Bazar onlayn do'konidan foydalanish tartibini belgilaydi. Saytdan foydalanishni boshlash orqali siz ushbu shartlarga to'liq rozi bo'lgan hisoblanasiz.

2.Xaridlarni amalga oshirish

Orderlar sayt orqali tun-u kun qabul qilinadi. Buyurtma qilingan mahsulotlar mavjudligiga qarab yetkazib beriladi. Xaridor o'z kiritgan ma'lumotlarining (manzil, telefon, ism-sharif) to'g'riligiga javobgar.

3.To'lov tizimlari

Siz buyurtma to'lovini quyidagi usullar yordamida amalga oshirishingiz mumkin: Naqd pul yoki Click.

4.Yetkazib berish qoidalari

Yetkazib berish xizmati faqat Uchquduq shahrida amal qiladi. Yetkazib berish shahar bo'ylab tezkor ravishda 30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

5.Qaytarish va almashtirish

Sifatli oziq-ovqat mahsulotlari qaytarilmaydi. Buyurtma yetkazilganda tovar holatini kurer oldida tekshirib olishingizni so'raymiz. Sifatsiz mahsulotlar qonunchilikka asosan almashtirib beriladi.

6.Maxfiylik va daxlsizlik

Sayt ma'muriyati mijozning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash majburiyatini oladi. Ma'lumotlar faqat buyurtmani qayta ishlash uchun ishlatiladi.

Bosh sahifaKatalogSavatchaSevimliBuyurtmalarim